UZBNEWS

SpaceX koinotga 1 million sun’iy yo‘ldosh chiqarish uchun ruxsat oldi

Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi koinotda data markazini tashkil etish uchun 1 millionta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga joylashtirishga ruxsat oldi — bu haqda AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) saytida e’lon qilindi. Starmind sun’iy yo‘ldoshlar guruhi katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va superintellekt uchun ortib borayotgan hisoblash quvvatiga bo‘lgan talabni qondirishga mo‘ljallangan. Bu AQSh tarixida bunday loyihaga berilgan ilk ruxsatnoma hisoblanadi, komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, tizim kosmik chiqindilarga oid talablarga ham javob beradi. Avgust oyida SpaceX Nvidia bilan hamkorlikni e’lon qilgan, oktyabr oxirida esa chiplar xaridini moliyalashtirish uchun Apollo Global Management bilan taxminan 40 milliard dollarlik kelishuv imzolagan.

🚨 @UZPATRUL — Шов-шувли воқеаларнинг сиз билмаган тафсилотлари!
UZBNEWS иловасида ўқиш